- LOTIN-КИРИЛЛ
- 
                                    
- 
                                    Ishonch telefoni (79) 220-10-20 
 
 
 
Ishonch telefoni (79) 220-10-20



Bugun Karmana tumani "Do‘stlik" MFYda yangidan barpo etilgan 32-maktabda “Bilimlar kuni” tadbiri o‘zgacha shukuh bilan o‘tdi.
Tadbirda Karmana tumani hokimi Valijon Adizov, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, o‘quvchilar va maktab jamoasini yangi o‘quv yili bilan tabriklab, ularning ilm-ma’rifat cho‘qqilarini zabt etishlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
.jpg)
Ma'lumot o‘rnida, 330 nafar o‘quvchilarga ta'lim-tarbiya berishga mo‘ljallangan ilm maskaniga ilk qadam qo‘yayotgan 35 nafar jajji o‘g‘il-qizlarga 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.

Barcha sinflarda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan "Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak  - Vatanmiz!" shiori ostida "Mustaqillik darslari" o‘tildi.